Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

Roke "Barselona"dan ketganidan keyin birinchi golni urdi

Roke "Barselona"dan ketganidan keyin birinchi golni urdi

Baho:
+ | -

"Palmeyras" hujumchisi Vitor Roke Braziliyaga qaytganidan keyingi ilk golini nishonladi.

Yosh hujumchi Ispaniyada o‘zini ko‘rsata olmadi va fevral oyi oxirida "Barselona" uni "Betis"dagi ijarasidan chaqirib olib, "Palmeyras"ga sotdi. Bugun Braziliya A Seriyasida "Vasko da Gama"ga qarshi kechgan bahsda Roke vataniga qaytganidan buyon ilk golini urdi. Futbolchining goli "Palmeyras"ga minimal hisobda g‘alaba keltirdi.

San-Paulu jamoasi safida o‘tkazilgan avvalgi 12 ta bellashuvda Vitor Roke biror marta ham raqib darvozasini ishg‘ol etmagandi.

"Barselona" 20 yoshli futbolchining transferidan 25,5 mln yevro ishlab oldi. U bir yil avval Kataloniya grandi tomonidan "Atletiko Paranaense"dan 30 mln yevroga sotib olingan edi.

Kiritildi: 08:31, 05.05.2025.
O'qildi: 667 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик