Rimning "Roma" klubi hujumchisi Artyom Dovbik jamoa ustozi Klaudio Ranyeri undan ko‘p narsani kutayotganini biladi. U bu haqda "Fiorentina"ga qarshi o‘yindan (1:0) so‘ng jurnalistlarga aytgan.
"Men uni tushunaman, hammasini tushunaman - hamma mendan ko‘proq narsa kutmoqda. Maydonda imkon qadar ko‘proq kuch sarflashga harakat qilaman: ba’zida hammasi yaxshi chiqadi, ba’zida esa yo‘q, ammo bu futbolning bir qismi. Men tobora yaxshilanishga intilmoqdaman, - dedi Dovbik.













