Kirish Ro'yxatdan o'tish

"PSJ" "Arsenal" bilan o‘yindan so‘ng bir qancha asosiy futbolchilariga dam berdi

"PSJ" "Arsenal" bilan o‘yindan so‘ng bir qancha asosiy futbolchilariga dam berdi

Baho:
+ | -

Parijliklarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan Chempionlar ligasida Londonning “Arsenal” klubi bilan kechgan keskin qarama-qarshilikdan so‘ng, “PSJ” rahbariyati va murabbiylar shtabi bir necha asosiy futbolchilarga dam berishga qaror qilishdi.

Klub matbuot xizmati xabariga ko‘ra, asosiy jamoaning yetti nafar futbolchisi qisqa muddatli ta’tilga jo‘natilgan: darvozabon Janluidji Donnarumma, himoyachilar Ashraf Hakimiy, Markinyos, Nunu Mendesh, Villian Pacho, shuningdek, yarim himoyachilar Fabian Ruis va Vitinya. Ularning barchasi "Arsenal" bilan g‘alabali o‘yinda ishtirok etdi va 14 may kuni mashg‘ulotlarga qaytadi.

"PSJ" milliy chempionatdagi navbatdagi o‘yinda 10 may kuni "MonpelYE" mehmoni bo‘ladi.

Kiritildi: 14:39, 09.05.2025.
O'qildi: 530 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик