Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Vitaliy Levchenko: «O‘yinchilarimiz murabbiylar shtabi nima xohlayotganini tushunib yetishdi»

Vitaliy Levchenko: «O‘yinchilarimiz murabbiylar shtabi nima xohlayotganini tushunib yetishdi»

Baho:
+ | -

«Andijon» – «Neftchi» (0:2) bellashuvidan keyingi tashkil etilgan matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Vitaliy Levchenko ishtirok etdi.

—  Barcha uchun qiyin o‘yin bo‘ldi. Vodiy derbisi ancha qiziqarli o‘tdi, deb o‘ylayman. Bunday uchrashuvlarda 100 foiz kuch bilan o‘ynashadi va hattoki, undan ham ortiq mehnat qilinadi. O‘yinni boshidan to oxirigacha vaziyatni ushlab turish uchun kerak. Chunki yuqori darajada o‘yin kechadi. Uchrashuv boshidan oxiriga qadar murabbiylar shtabi, futbolchilar, muxlislargacha o‘ziga xos bosim sezilib turdi. Bu uchrashuvda g‘alaba qozonganimizdan xursandman.

— Oldingi uchrashuvlarga nisbatan bu o‘yinda tarkibda rotasiyaga qo‘l urildi...

— Rotasiya haqida nima deyishim mumkin? Bizda bir qator jarohat olgan o‘yinchilar bor. Betob bo‘lib qolganlari ham bor. Shu bois bu vaziyatdan chiqib ketish uchun rotasiyalarga qo‘l uryapmiz. Bu borada bir qator muammolarimiz bor. Ushbu jarayon tugagach, hammasi o‘z o‘rniga tushib ketadi. Kim tayyor bo‘lsa, o‘sha maydonga tushyapti va g‘alabaga o‘z hissasini qo‘shyapti.

— Toma Tabatadzega sermahsullik yetishmayapti. Gollar urmayotganiga nima deysiz?

— Tomada jarohat bilan bog‘liq muammoli holatlari bor edi. U asta-sekin sport formasiga kirib boryapti. O‘zini ko‘rsata oladi. Jarohatdan qutulib, mashg‘ulotlarda yaxshi ishlayapti. To‘liq ikki taym o‘ynaydigan darajaga chiqa oladi. U barchasini tushunib turibdi. Jamoada raqobat bor. O‘ylaymizki, tez kunlarda asosiy tarkibga qaytadi.

— «Andijon» hozirda qiyin vaziyatni boshidan kechiryapti. Raqib o‘yinini qanday baholaysiz?

— Yaxshi va shakllangan jamoa. Mavsum boshida «Andijon»ni shakllantirish bo‘yicha ko‘p yaxshi ishlar amalga oshirildi. «Andijon» ham, «Neftchi» ham yangi jamoa. Albatta, o‘z o‘yinini topib olgunicha biroz vaqt kerak. O‘yinchilarimiz murabbiylar shtabi nima xohlayotganini tushunib yetishdi va shunga harakat qilishdi. «Andijon»da o‘yin bor. Faqat mayda detallarni yaxshilab olish lozim. Shu o‘rinda «Andijon»ga keyingi o‘yinlarda omad tilayman. Yaxshi o‘yinlar ko‘rsatib, o‘z maqsadiga erishishini tilab qolaman.

—  G‘alabani kimga bag‘ishlaysiz?

— Barcha muxlislar xohlashgandi va birinchi navbatda g‘alabani ularga bag‘ishlaymiz. Futbolchilar maydonga chiqib yaxshi o‘yin ko‘rsatishdi. G‘alabaga muxlislar va futbolchilar katta hissa qo‘shishdi.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 06:06, 10.05.2025.
O'qildi: 801 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.