Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/09 00:30 Malaga 1-3 Vilyarreal
18/09 11:30 Filippin 0-2 Vyetnam
18/09 15:00 O‘zbekiston 2-0 Kuvayt
18/09 15:30 Saudiya Arabistoni 2-0 Qatar
18/09 23:45 Monsa 2-1 Sassuolo
19/09 00:00 Espanyol 1-3 Elche
19/09 00:00 Brentford 3-0 Chelsi
19/09 16:30 Tottenhem - Aston Villa
19/09 17:00 Osasuna - Rayo Valyekano
19/09 18:00 Mash’al - Paxtakor
19/09 18:00 Bolonya - Torino
19/09 18:00 Udineze - Kalyari
19/09 19:00 Brayton - Arsenal
19/09 19:00 Everton - Ipsvich
19/09 19:00 Nyukasl - Xall Siti
19/09 19:15 Atletik Bilbao - Alaves
19/09 20:15 Bunyodkor - Buxoro
19/09 21:00 Roma - Inter
19/09 21:30 Selta - Rasing
19/09 21:30 Nottingem Forest - Koventri Siti
19/09 23:45 Venetsiya - Lasio
20/09 00:00 Sevilya - Barselona
20/09 10:00 Eron - Xitoy
20/09 12:00 Gonkong - Tailand
20/09 15:00 KXDR - BAA
20/09 15:30 Fiorentina - Napoli
20/09 15:30 Yaponiya - Qirg‘iziston
20/09 17:00 Xetafe - Malaga
20/09 17:15 Andijon - Nasaf
20/09 18:00 Surxon - Qo‘qon-1912
20/09 18:00 Frozinone - Komo
20/09 18:00 Parma - Jenoa
20/09 18:00 Bornmut - Liverpul
20/09 18:00 Lids - Kristal Pelas
20/09 18:00 Manchester Siti - Sanderlend
20/09 19:00 So‘g‘diyona - OKMK
20/09 19:15 Atletiko - Real Madrid
20/09 19:30 Lokomotiv - Neftchi
20/09 20:30 Fulhem - Man. Yunayted
20/09 21:00 Yuventus - Atalanta
20/09 21:30 Deportivo - Betis
20/09 21:30 Vilyarreal - Levante
20/09 23:45 Milan - Lechche
21/09 00:00 Valensiya - Real Sosyedad

Shaskix: "Taklif ustida uzoq o‘ylanmadim, bu biz uchun yangi chaqiruv"

Shaskix: "Taklif ustida uzoq o‘ylanmadim, bu biz uchun yangi chaqiruv"

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, kecha “Andijon” klubi bosh murabbiyi sifatida Maksim Shaskixni rasman tanishtirdi.

Bugundan jamoa yangi murabbiy qo‘li ostiga o‘tdi. Aytish kerakki, bu Shaskix uchun yangi chaqiruv.

Maksim Aleksandrovich “Andijon”ning taklifini qabul qilishi, qanday uslubni yoqtirishi, Osiyo Chempionlar ligasi 2 musobaqasi uchun rejalari haqida klub matbuot xizmatiga dastlabki fikrlarini bildirib o‘tdi:

“Menga “Andijon” FK rahbariyatidan taklif kelib tushdi. “Andijon”ning infratuzilmasini bilganim uchun taklif ustida uzoq o‘ylanib o‘tirmadim. Ayniqsa,  ashaddiy muxlislar klubni qay darajada qo‘llab-quvvatlashlaridan xabardor bo‘lganim ham menga qo‘shimcha dalda bo‘ldi. Har uchrashuvda stadion muxlislar bilan to‘lishini bilaman. Axir, futbol avvalo ishqibozlar uchun o‘ynaladi. Shu jihatni men eng muhimi deb bilaman.

Yuqorida aytib o‘tganingizdek, ha, bu men va murabbiylar shtabimiz a’zolari uchun yangi chorlov. Endi o‘zimizga bildirilgan ishonch va mas’uliyatli vazifani bajarish uchun astoydil ishlaymiz. Rahbariyat va muxlislarni maksimal natijalarga erishish orqali mamnun qilishga harakat  qilamiz. Ammo o‘z tamoyillarimiz va o‘yinga bo‘lgan qarashlarimizni jamoaga singdirish uchun vaqt kerak bo‘lishini ham aytib o‘tmoqchiman. Shunda o‘zimiz ko‘rishni xohlagan manzara yuzaga keladi. Yakunda mehnatimizning mahsulini ko‘ramiz, albatta. Biz faqat hujumkor futbol ko‘rsatamiz. 

Hozircha OCHL 2 musobaqasi uchun rejalar haqida gapirishga erta. Chunki turnir sentyabr oyida boshlanadi. Hozircha esa asosiy e’tiborni chempionat doirasidagi uchrashuvlarga qaratamiz. Tabiiyki, CHLga ham aynan shu o‘yinlar orqali yetib boramiz.

Ikkita bahsni stadionni o‘zida tomosha qildim. Yetarli mahoratga ega o‘yinchilar mavjud. Albatta, yozda transfer oynasi ochiladi va tarkibni kuchaytirish yo‘lida ham qadam tashlashimiz tayin. To‘g‘ri, dastlab mavjud imkoniyatlarni chamalaymiz, tarkibdagi o‘yinchilar bilan yaqindan tanishib chiqamiz. 1-davrani ko‘ngildagidek yakunlashga harakat qilish kerak bo‘ladi. O‘z-o‘zidan nufuzli musobaqa uchun tarkibni shakllantirish masalasi yuzaga chiqadi. Nega deganda, liganing nufuzi va darajasi butunlay boshqacha. Shundan kelib chiqib yozgi transfer chog‘ida qaysi chiziqlarni kuchaytirishimiz kerakligini hal etib olamiz”, - deydi Maksim Aleksandrovich, klub matbout xizmatiga.

Kiritildi: 16:59, 14.05.2025.
O'qildi: 1582 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик