Kirish Ro'yxatdan o'tish

Xabi Alonso Makallisterni "Real"da ko‘rmoqchi

Xabi Alonso Makallisterni "Real"da ko‘rmoqchi

Baho:
+ | -

"Liverpul" yarim himoyachisi Aleksis Makallister faoliyatini "Real"da davom ettirishi mumkin.

Football Insider nashriga ma’lum bo‘lishicha, "Real"ning yangi bosh murabbiyi Xabi Alonso "Liverpul"dagi tanishlaridan foydalanib, Makallister transferini rasmiylashtirishga urinib ko‘rmoqchi.

Joriy mavsumda 26 yoshli argentinalik futbolchi barcha musobaqalarda 49ta o‘yinda maydonga tushib, 7 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi va 6ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Makallisterning "Liverpul" bilan amaldagi kelishuvi 2028 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt mutaxassislari futbolchining narxini 90 mln yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 13:49, 19.05.2025.
O'qildi: 1369 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик