Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Bokschilarimiz Tailanddagi turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda

Bokschilarimiz Tailanddagi turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Tailandning Bangkok shahrida boks bo‘yicha "Thailand Open" xalqaro turnirida chorak final bahslari doirasida O‘zbekiston terma jamoasining 6 nafar bokschisi ringga ko‘tarildi.

Chorak final janglarining navbatdagi kunida Faryozbek Do‘smatov -55 kg. vazn toifasida hindistonlik Bartval Pavanni 5:0 hisobida mag‘lub etib, yarim finalga chiqdi. Farzona Fozilova vazni -48 kg. bo‘lgan qizlar o‘rtasidagi bellashuvlarda indoneziyalik Merlin Tomatalaga hech qanday imkon qoldirmadi va 1/2 final ishtirokchisiga aylandi.

Shuningdek, o‘z vazn toifalarida Feruza Kazakova, Shodiyorjon Meliqo‘ziyev va Samandar Jalolov kabi charm qo‘lqop ustalarimiz 1/4 final bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tdi. Afsuski, Sayat Ilyasov musobaqadagi ishtirokini chorak finalda yakunladi.

Eslatib o‘tamiz, "Thailand Open" xalqaro turnirida bundan avval yana to‘rt nafar bokschimiz yarim final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan edi.

Bugun ham chorak final bahslari davom etadi. Kun davomidagi janglarda 6 nafar bokschilarimiz yarim final uchun ringga ko‘tariladi.

Juftliklar bilan tanishing:

-85 kg: Nusrat Tohirov – Hussein Iashash (Iordaniya)

-51 kg: Sabina Boboqulova – Mun Gayeon (Janubiy Koreya)

-70 kg: Oysha Toirova – Anastasia Chernokolenko (Ukraina)

-75 kg: Javohir Abdurahimov – Timur Nurseitov (Qozog‘iston)

-57 kg: Nigina O‘ktamova – Ge Yaqi (Xitoy)

-75 kg: Aziza Zokirova – Ju Yashu (Xitoy).

Kiritildi: 13:00, 28.05.2025.
O'qildi: 646 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик