Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor 1-2 Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona 0-2 Nasaf
06/03 19:30 Xorazm 1-0 OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Oblak: "Men bu yerda ekanman, hamma narsani yutishni xohlayman. Bu mening mentalitetim"

Oblak: "Men bu yerda ekanman, hamma narsani yutishni xohlayman. Bu mening mentalitetim"

Baho:
+ | -

Madridning "Atletiko" klubi darvozaboni Yan Oblak har bir o‘yinda eng kam gol o‘tkazib yuborgan darvozabonga beriladigan "Zamora Trophy" sovrinini qo‘lga kiritgani haqida fikr bildirdi. Sloveniyalik posbon uchun bu uning faoliyatidagi oltinchi sovrin bo‘lib, darvozabonlar o‘rtasidagi rekord hisoblanadi.

"Bu jamoaviy ish. Jamoadoshlaringiz yordamisiz yaxshi natijaga erishib, bu sovrinni qo‘lga kiritishning iloji yo‘q. Bu hammaga tegishli. Bu ajoyib, lekin har doim aytganimdek, men individual unvonlardan ko‘ra jamoa unvonlarini afzal ko‘raman.

Liganing tarixiy rekordi, albatta, juda chiroyli va unga erishish juda qiyin. Balki futbolchilik faoliyatim tugagach, buni ko‘proq qadrlayman. Ammo hozir men o‘ynashni va g‘alaba qozonishni davom ettirmoqchiman, bu mening faoliyatimning yana bir jihati xolos. Men bu yerda ekanman, hamma narsada g‘alaba qozonishni xohlayman. Bu mening mentalitetim", - dedi Oblak AS bilan suhbatda.

Eslatib o‘tamiz, Oblak Ispaniya chempionatining 2024/2025 yilgi mavsumida 36 ta o‘yinda 30 ta gol o‘tkazib yuborgan. Umumiy hisobda sloveniyalik posbon joriy mavsumda 46 ta o‘yin o‘tkazib, 44 ta gol o‘tkazib yuborgan.

Kiritildi: 22:47, 28.05.2025.
O'qildi: 611 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.