Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/09 00:30 Elche 2-3 Real Sosyedad
08/09 21:45 Bryugge 2-3 Aston Villa
08/09 21:45 AEK 1-0 LASK
08/09 23:59 Real Madrid 2-1 Inter
08/09 23:59 Portu 0-2 Manchester Siti
08/09 23:59 Borussiya D 3-2 Vilyarreal
08/09 23:59 Lill 2-3 Betis
09/09 18:30 OKMK - Paxtakor
09/09 19:00 Neftchi - Surxon
09/09 20:00 Nasaf - Bunyodkor
09/09 21:45 Barselona - Feyenoord
09/09 21:45 Shtutgart - Viking
09/09 23:59 Liverpul - Atletiko
09/09 23:59 Napoli - Arsenal
09/09 23:59 PSJ - Sporting
09/09 23:59 Sporting - Galatasaroy
10/09 19:00 Dinamo - Qizilqum
10/09 19:00 Andijon - Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm - So‘g‘diyona

Abduvohid Ne’matov faoliyatini Eron chempionatida davom ettirishga yaqin turibdi

Abduvohid Ne’matov faoliyatini Eron chempionatida davom ettirishga yaqin turibdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston terma jamoasi va Qarshining “Nasaf” klubi darvozaboni Abduvohid Ne’matovga Eron chempionatidan jiddiy qiziqish bildirilyapti. Futbolchiga yaqin manbaning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, Tehronning nomdor klubi — “Persepolis” 24 yoshli posbonni o‘z safiga qo‘shib olish niyatida.

Eron terma jamoasi posboni Alirizo Beyranvand 2024 yilda “Persepolis”dan “Traktor” klubiga o‘tgach, jamoaning darvoza chizig‘ida ko‘plab muammolar paydo bo‘ldi. Tehronliklar ushbu kamchilikni yo‘qotish uchun “Nasaf” a’zosini o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda.

Ne’matov o‘tgan yilning yozida eronlik agent Hamid Merih bilan shartnoma imzolagach, uni fors chempionatiga o‘tishi borasida mish-mishlar paydo bo‘lgan edi. Ammo ma’lum sabablarga ko‘ra bu transfer amalga oshmay qolgan.

Unga ko‘ra, Eron klubi Abduvohidga yana qiziqish bildirmoqda va unga 2 yillik shartnoma taklif qilgan. Agar tehronliklar “Nasaf” bilan kelisha olsa, Ne’matov “Persepolis”da ikki yil ichida 6 million dollar ishlab olishi mumkinligi aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Abduvohid Ne’matov “Nasaf” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2019 yildan beri qarshiliklar asosiy jamoasida o‘ynab keladi. Uning klub bilan shartnomasi 2025 yilning oxirigacha amal qiladi. Transfermarkt portali darvozabonning qiymatini 1,5 million yevroga baholamoqda.

Ma’lumot uchun, “Persepolis”da O‘zbekiston terma jamoasining boshqa bir a’zosi — Oston O‘runov ham harakat qiladi. U 2024 yilning boshida tehronliklar safiga o‘tgan edi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 11:38, 29.05.2025.
O'qildi: 3944 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик