Maurisio Sarri “Lasio”ga qaytdi.
Klub 66 yoshli mutaxassis bosh murabbiy etib tayinlanganini malum qildi. Marko Baroni avvalroq jamoani tark etgandi.
Xabar qilinishicha, Sarri bilan shartnoma bir yilga uzaytirish imkoniyati bilan 2 yilga mo‘ljallangan. Italiyalik futbolchi 2021 yildan 2024 yilgacha “Lasio”da ishlagan.
2024/25 yilgi mavsum yakunida rimliklar A seriyada 7-o‘rinni egallab, yevrokuboklarga yo‘llanma olishdi.













