Taniqli insayder Fabrisio Romanoning xabar berishicha, "Empoli" himoyachisi Luka Marianuchchi tez orada Italiya chempioni "Napoli" futbolchisiga aylanadi.
Seshanba kuniyoq futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tishi, keyin esa neapolliklar bilan 5 yillik shartnoma imzolashi kerak.
Luka Marianuchchi 2024/2025 yilgi mavsumda 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













