Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Qozog‘iston terma jamoasi ustozi: "O‘zbekiston terma jamoasini Jahon chempionatiga chiqqani bilan chin dildan tabriklaymiz, lekin UYEFA boshqa daraja"

Qozog‘iston terma jamoasi ustozi: "O‘zbekiston terma jamoasini Jahon chempionatiga chiqqani bilan chin dildan tabriklaymiz, lekin UYEFA boshqa daraja"

Baho:
+1 | -1

Qozog‘iston terma jamoasi bosh murabbiyi Ali Aliyev O‘zbekiston milliy jamoasining Jahon chempionatiga yo‘l olgani yuzasidan o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.

Aliyev qo‘shni mamlakat erishgan tarixiy yutuq bilan qutladi va UYEFA safida ishtirok etishning ahamiyatiga to‘xtalib o‘tdi:

"O‘zbekiston terma jamoasini Jahon chempionatiga chiqqani bilan chin dildan tabriklaymiz. Bu — butun xalq uchun ulkan quvonch va tarixiy voqea. Biroq, UYEFAda qatnashish nafaqat raqobatbardoshlik, balki futbol madaniyati va tajriba nuqtayi nazaridan ham juda katta ahamiyatga ega. Masalan, biz Fransiya terma jamoasini Qozog‘istonga olib kelamiz, Mbappe kabi jahon yulduzlarini “Astana Arena”da jonli tomosha qilish imkonimiz bor. Yaqinda Belgiya terma jamoasi ham biz bilan o‘yin o‘tkazadi. Shu bois UYEFAda o‘ynash mamlakatimiz uchun strategik jihatdan muhim", deya ta’kidladi murabbiy.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston terma jamoasi 5 iyun, payshanba kuni Belarusga qarshi o‘yinda 1:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Hozirda qozog‘istonliklar Belgiya, Uels, Shimoliy Makedoniya va Lixtenshteyn bilan bir guruhda Jahon chempionatiga yo‘llanma uchun kurashmoqda. Saralash bosqichidagi navbatdagi o‘yin 9 iyun, dushanba kuni Shimoliy Makedoniyaga qarshi bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 21:49, 08.06.2025.
O'qildi: 6138 marta.
Fikrlar: 95 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.