Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Anvar Berdiyev «Neftchi» bilan shartnoma imzoladi

Anvar Berdiyev «Neftchi» bilan shartnoma imzoladi

Baho:
+ | -

O‘zbek futbolida yaqin o‘tmishning mohir hujumchilaridan biri bo‘lgan Anvar Berdiyev «Neftchi» klubida seleksioner murabbiy sifatida ish boshladi.

Anvar To‘xtayevich Berdiyev  1978 yilning  11 may kuni Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. Futbolchilik faoliyatini 1994 yilda G‘uzorning "Sho‘rtan“ klubida boshlagan. 1997 yildan „Nasaf“da davom ettirgan. 2000 yilda „Neftchi“ jamoasiga taklif etilgan Anvar Berdiyev o‘zbek futbolida katta muvaffaqiyatlarga erishadi. 2001 yilda futbolchi O‘zbekiston chempioni, 2012 yilda esa chempionatning eng yaxshi to‘purarlaridan biri bo‘ladi.

2012 yil 29 dekabrda IFFHS faol o‘yinchilar orasidan dunyoning eng muvaffaqiyatli top-divizion to‘purarlari ro‘yxatini e’lon qildi. Anvar Berdiyev faoliyati davomida 433 ta o‘yinda ishtirok etib, 205 ta gol urgan holda ro‘yxatda 18-o‘rinni egalladi. 2012 yil 31 dekabrda IFFHS yangilangan ro‘yxatini e’lon qiladi va Anvar Berdiyev 240 ta gol bilan 326 nafar futbolchi orasida 296-o‘rinni egalladi.

1998 yil 24 aprelda futbolchi Ozarbayjon termasiga qarshi o‘yinda O‘zbekiston milliy terma jamoasi libosida debyut o‘yinini o‘tkazdi. Jami terma jamoamiz safida 5 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Bugungi kunda 225 ta gol kiritgan Anvar Berdiyev O‘zbekiston chempionatlari tarihida eng yaxshi to‘purarlardan biri hisoblanadi.

2019 yilning avgust oyida futbolchilik faoliyatini yakunlagan Anvar Berdiyev Farg‘onaning „Istiqlol“ klubida Sergey Lebedevga yordamchi murabbiy sifatida ishga kirishadi. 2023 yildan 2025 yilning may oyiga qadar «Sho‘rtan» klubi bosh murabbiyi lavozimida faoliyat olib bordi.

Manba: https://t.me/pfcneftchi_uz
Kiritildi: 16:47, 09.06.2025.
O'qildi: 2838 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик