Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Kapadze: "Qatarga qarshi uchrashuvlarda omad biz tomon bo‘lmadi"

Kapadze: "Qatarga qarshi uchrashuvlarda omad biz tomon bo‘lmadi"

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze Qatarga qarshi uchashuv oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— Barchani mundial yo‘llanmasi bilan tabriklayman. Ertangi uchrashuvga to‘liq tayyormiz va g‘alaba qozonib, xalqimizni xursand qilishga harakat qilamiz.

Futbolchilarning tayyorgarligi haqida:

— Futbolda jarohatlar tez-tez uchrab turadi. Jamoada kayfiyat juda yaxshi. Tayyorgarlik jarayoni davom etmoqda, yigitlar yaxshi holatda. Bugun rasmiy mashg‘ulotimiz ham bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv darajasini his qilib turibmiz. Futbolda doimo keyingi o‘yinga e’tibor qaratish zarur bo‘ladi.

Qatar terma jamoasiga qarshi avvalgi o‘yinlar haqida:

— Osiyo chempionati va Jahon chempionati saralash bosqichida Qatarga qarshi uchrashuvlarda yigitlar yaxshi o‘yin namoyish etdilar. Lekin omad biz tomon bo‘lmadi. Guruhdagi har bir raqib bilan bahs doimo qiyin kechdi. Biz esa har jihatdan ulardan kuchli ekanimizga ishonamiz.

Kiritildi: 20:26, 09.06.2025.
O'qildi: 2871 marta.
Fikrlar: 18 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.