"Milan" "Manchester Siti"ga o‘tgan Tidjani Reyndersga o‘rinbosar sifatida PSV yarim himoyachisi Malik Tilman transferini o‘rganib chiqmoqda. Bu haqda Milan Press xabar bermoqda.
Shuningdek, 23 yoshli futbolchining xizmatlariga "Roma" va Florian Virssiz qolgan "Bayer" kabi klublar ham qiziqish bildirmoqda. PSV futbolchi uchun kamida 25 million yevro ishlab olishni ko‘zlamoqda.
Tillman ajoyib mavsumni o‘tkazdi va jamoasining chempionligiga katta hissa qo‘shdi. U Erediviziyada 28 ta o‘yinda 12 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi (boshqa musobaqalarda 8 ta o‘yin, 4 ta gol va 3 ta golli uzatma).













