Italiya terma jamoasi delegasiyasi rahbari Janluiji Buffon Jennaro Gattuzo bilan terma jamoa bosh murabbiyi etib tayinlanish arafasida ekanini ma’lum qildi.
"Gattuzo - Italiya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi. Biz eng yaxshi qarorni qabul qildik," - deya Buffonning so‘zlarini keltiradi jurnalist Matteo Moretto.
47 yoshli mutaxassisning so‘nggi ish joyi iyun oyi boshida tark etgan "Hayduk" bo‘lgan. Bungacha Gattuzo "Marsel", "Valensiya", "Napoli", "Milan", "Piza", Gresiyaning OFI, "Palermo" va "Syon" klublariga ustozlik qilgan.













