Kirish Ro'yxatdan o'tish

Xabi Alonso: "Vinisiusni 10 soniyada tushundim"

Xabi Alonso: "Vinisiusni 10 soniyada tushundim"

Baho:
+ | -

"Real Madrid" bosh murabbiyi Xabi Alonso hujumchi Vinisius Junior haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati guruh bosqichining 1-turi doirasida chorshanba kuni bo‘lib o‘tadigan "Al-Hilol"ga qarshi o‘yin oldidan matbuot anjumanida jurnalistlar ispaniyalik murabbiydan braziliyalik futbolchi haqida gapirishni so‘rashdi.

"Men Vinisiusni o‘yinchi va shaxs sifatida u bilan o‘n soniya uchrashganimdan so‘ng tushundim. Uning yuragi ulkan, u juda hissiyotli va ishtiyoqli inson", - deb javob berdi Alonso.

"Real" - "Al-Hilol" uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 23:59da boshlanadi. Uchrashuv "qaymoqranglilar"ning yangi bosh murabbiyi uchun hozirgi lavozimdagi debyuti bo‘ladi.

Kiritildi: 06:56, 18.06.2025.
O'qildi: 4439 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик