Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

«Manchester Siti» Gyundoganni «Galatasaroy»ga tekinga qo‘yib yuborishga tayyor

«Manchester Siti» Gyundoganni «Galatasaroy»ga tekinga qo‘yib yuborishga tayyor

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» klubi yarim himoyachi Ilkay Gyundoganni Turkiyaning «Galatasaroy» jamoasiga qo‘yib yuborishi mumkin.

Istanbulliklar 34 yoshli yarim himoyachiga qiziqish bildirayotgani haqidagi xabarlar o‘tgan hafta tarqalgan edi.

The Guardian nashrining ma’lum qilishicha, turk klubi qishki transfer oynasidayoq Gyundoganni qo‘lga kiritishni istagan, ammo o‘shanda «Siti» mavsumning o‘rtasida uni qo‘yib yuborishni istamagan.

Hozir esa «Galatasaroy» futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda va «shaharliklar» bu transferga qarshi emas.

Manbaga ko‘ra, Gyundogan klubni bepul tark etishi mumkin, garchi uning shartnomasi 2026 yil yozigacha uzaytirilgan bo‘lsa ham.

Aytishlaricha, asli turkiyalik bo‘lgan ota-onadan dunyoga kelgan Germaniya milliy jamoasi futbolchisi Turkiya Superligasi chempionlaridan biri bo‘lgan «Galatasaroy»da to‘p surishni istamoqda.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 00:09, 21.06.2025.
O'qildi: 1881 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик