Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/01 00:45 Sassuolo 0-3 Yuventus
07/01 01:00 Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
07/01 16:30 Yaponiya 5-0 Suriya
07/01 16:30 Janubiy Koreya 0-0 Eron
07/01 19:00 O‘zbekiston 3-2 Livan
07/01 21:30 Qatar 0-2 BAA
07/01 22:30 Bolonya 0-2 Atalanta
07/01 22:30 Napoli 2-2 Verona
08/01 00:30 Bornmut 3-2 Tottenhem
08/01 00:30 Brentford 3-0 Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas 0-0 Aston Villa
08/01 00:30 Everton 1-1 Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem 2-1 Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti 1-1 Brayton
08/01 00:45 Parma 0-2 Inter
08/01 00:45 Torino 1-2 Udineze
08/01 00:45 Lasio 2-2 Fiorentina
08/01 01:15 Byornli 2-2 Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl 4-3 Lids
08/01 16:30 Avstraliya - Tailand
08/01 19:00 Iroq - Xitoy
08/01 22:30 Cremonese - Kalyari
09/01 00:45 Milan - Jenoa
09/01 01:00 Arsenal - Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston - Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya - Saudiya Arabistoni

Asror Aliqulov: «Ayrim futbolchilarimiz Superliga darajasiga tayyor emas»

Asror Aliqulov: «Ayrim futbolchilarimiz Superliga darajasiga tayyor emas»

Baho:
+ | -

Superliganing 13-turi doirasida "Mash’al" — "Nasaf" bahsidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Asror Aliqulov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— "Mash’al" ikkinchi bo‘limda "Nasaf"ga ochiq futbol taklif qildi. Jamoangiz bugun himoyaviy futbol bilan natijaga erishishi osonroq bo‘lmasmidi?

— Biz hisobda ortga borayotgan edik. Shu sababli hujumkorlikni oshirmasak bo‘lmasdi. "Nasaf"dan to‘pni olib qo‘yish qiyin. Jamoada terma jamoa futbolchilari ko‘p. "Nasaf" to‘pga egalik qilish bo‘yicha haqiqiy grand jamoa. Biz raqibga bosim uyushtirdik va xatoga yo‘l qo‘yishga majbur qildik. Ikkinchi bo‘limni yaxshi boshladik va gol kiritdik. "Nasaf" bugun tezlik va to‘pga egalik qilish jabhalarida ustunroq edi.

— "Mash’al" birinchi bo‘limni juda sust o‘tkazdi. Ikkinchi bo‘limda esa ancha jonlandi. Birinchi taymni ham shunday boshlash mumkin edimi?

— Bu yerda futbolchilarning Superligaga ruhiy tayyorgarligi muhim. Biz to‘pni nazorat qilyapmiz va har bir jamoa bosim uyushtiradi. Biz esa o‘sha vaziyatlarda to‘pni yo‘qotdik. Mag‘lubiyatga uchrayotganimiz sababli, ruhiy bosim ham bor edi. Ayrim futbolchilarimiz Superliga darajasiga tayyor emas. Namoyish etgan o‘yinimiz taktikaga bog‘liq emas.

— Tanaffusda futbolchilarni qanday ruhlantirdingiz?

— Biz bo‘shliqlarni yopdik, birinchi bo‘limda himoyachilar o‘rtasida bo‘shliqlar bor edi. Tanaffusdan so‘ng esa ularni bartaraf etdik. "Nasaf" darvozabon orqali hujumga chiqayotgan pallada bosim uyushtirdik. O‘zimiz yaxshi vaziyatlar yarata boshladik va raqibning hujumlarini bartaraf etdik.

— Uchta golda ham himoyachilar xatoga yo‘l qo‘ydi deb o‘ylaysizmi?

— O‘zim ham himoyachi bo‘lganman. Ushbu pozisiyaga ko‘p e’tibor beraman. Ko‘pgina bo‘ydor himoyachilarimiz boshqa tomonlama oqsaydi. To‘p bilan yaxshi muomala qiladigan himoyachilarimiz esa, bosh bilan sustroq o‘ynaydi. Ushbu masalada seleksiya bo‘yicha kamchiliklarga yo‘l qo‘yganmiz. Bir tomonni to‘g‘rilasak, ikkinchi muammo kelib chiqadi. Shunda ham "Nasaf" bir nechta vaziyatlarda bizni kechirdi.

— "Mash’al" mavsumni juda kam smeta bilan boshladi. Transferlar oynasida ochilganida jamoada o‘zgarishlar bo‘ladimi?

— O‘zgarishlar qilishimiz kerak. Bu masala ko‘proq smetamizga bog‘liq. Superligada kurashish uchun sifatli futbolchilar kerak. Raqiblar juda kuchli. Biz hozir jamoaviy o‘yin orqali ochkolar yig‘ishga harakat qilyapmiz. Ikkinchi davrada og‘ir o‘yinlar soni ko‘payadi.

— Ayrim jamoalar bilan solishtirganda "Mash’al" ancha yaxshi jamoa bo‘lib shakllanmoqda. Lekin moliyalashtirish juda kam. Bunga qanday erishyapsiz?

— Smeta haqida o‘ylamayapmiz. Sababi futbolchilar ushbu moliyalashtirishga ko‘ngan. Barcha maoshlar vaqtida to‘lanyapti. Biz faqat futbol haqida o‘ylayapmiz. Jamoa tuzish va yaxshiroq natijalarga erishishda murabbiylar shtabi ham juda katta ishni bajarmoqda.

— Muborakka futbol qachon qaytadi?

— Bilmadim. Asosiy muammolar chim va VAR bilan bog‘liq. Yaxshi futbolchi uchun uyda yoki raqib maydonida o‘ynash hech qanday ta’sir o‘tkazmasligi, har qanday o‘yinga tayyor bo‘lishi kerak.

— Demak, "Mash’al" joriy mavsumda o‘z uyida o‘ynamaydi?

— Chimni almashtirish oson emas. Maydon holati yomon emas, ammo maydon qoplamasi talablarga javob bermaydi. Uni almashtirish esa juda ko‘p vaqt talab etadi.

Manba: fcmashal.uz
Kiritildi: 05:40, 21.06.2025.
O'qildi: 465 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.