Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem yangi jamoadoshi Trent Aleksandr-Arnold haqidagi savolga javob berdi.
O‘ng qanot himoyachisi klublar o‘rtasidagi jahon chempionati boshlanishidan oldin "Liverpul"dan "qaymoqranglilar" safiga qo‘shildi.
"Trent juda yaxshi moslashdi. "Real"da uni deyarli darhol qabul qilishdi, chunki u ajoyib yigit. Eng yaqin do‘stim ham hozir shu yerda ekanligidan juda xursandman," - deya Bellingemning so‘zlarini keltiradi Madrid Universal.













