"Torino" "Fiorentina" himoyachisi Kristiano Biragi bilan ikki yillik shartnoma imzolaganini e’lon qildi.
"Buqalar" 32 yoshli italiyalik futbolchining shartnomasini sotib oldi. Transfermarkt portali kelishuv summasini 100 ming yevroga baholagan.
Biragi 2024/25 yilgi mavsumning ikkinchi yarmini "Torino"da ijarada o‘tkazdi. Uning hisobida turinliklar safida 15 ta o‘yin bor.













