Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 - Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum - Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi

Superliga. "Qizilqum" so‘nggi daqiqalarda gol urib, "Neftchi"ga qarshi durang qayd etdi

Superliga. "Qizilqum" so‘nggi daqiqalarda gol urib, "Neftchi"ga qarshi durang qayd etdi

Baho:
+ | -

Navoiydagi "Yoshlar" sport majmuasida bo‘lib o‘tgan Superliganing 14-tur bahsida "Qizilqum" va "Neftchi" jamoalari 1:1 hisobida durang o‘ynashdi. Uchrashuv dramatik tugadi — mezbonlar muhim nuqtani so‘nggi daqiqalarda qo‘lga kiritishdi.

Uchrashuvning birinchi qismida jamoalar ehtiyotkor harakat qilishdi, hujumlar tez-tez almashib turdi, ammo aniq golli vaziyatlar deyarli yuzaga kelmadi. Ikkinchi bo‘limda faollik oshib, mehmonlar tashabbusni o‘z qo‘llariga oldilar.

68-daqiqada "Neftchi" o‘yinda hisobni ochdi. Quvondiq Ro‘ziyevning aniq uzatmasidan so‘ng Ikrom Aliboyev raqib jarima maydoni tashqarisida to‘pni qabul qilib, 30 metrlardan kuchli zarba bilan darvozabonga imkoniyat qoldirmadi — 0:1.

G‘alabaga yaqin kelgan farg‘onaliklar o‘yin oxirida himoyani kuchaytirishdi, biroq "Qizilqum" to‘xtamadi. Kompensasiya qilingan vaqtning 4-daqiqasida Jambuli Jigauri tomonidan burchakdan uzatilgan to‘pni Dushan Miyich bosh bilan darvozaga yo‘lladi va hisobni tenglashtirdi — 1:1.

Shu tariqa, dramatik tarzda yakun topgan bellashuv har ikki jamoaga biridan ochko olib keldi. "Neftchi" so‘nggi daqiqada g‘alabani qo‘ldan chiqarganidan afsuslansa arziydi, "Qizilqum" esa kurashchanligi tufayli muxlislarini xursand qildi.

Superliga, 14-tur
"Qizilqum" – "Neftchi" - 1:1
Navoiy. "Yoshlar" sport majmuasi. 20:00
Gollar: Dushan Miyich (Jambuli Jigauri) 90+4' – Ikrom Aliboyev (Quvondiq Ro‘ziyev) 68'
Ogohlantirishlar: Abrobek Ismoilov (34), Roman Papariga (55), Ilhom Vahobov (66).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:45, 28.06.2025.
O'qildi: 1451 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.