Moskvaning SSKA klubi Mateus Alvesning transferini e’lon qildi.
Klub braziliyalik 20 yoshli yarim himoyachini 6 million yevro evaziga “San-Paulu” klubidan sotib oldi.
Alves “armiyachilar” bilan 2030 yilga qadar shartnoma imzoladi. Futbolchi 2025 yilning yanvaridan beri “San-Paulu”ning kattalar jamoasida to‘p surib kelmoqda.
Transfermarkt portali xabariga ko‘ra, uning transfer qiymati 3,5 million yevroni tashkil etadi.













