Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Bashakshexir" Shomurodovga Germaniyadan raqobatchi olib keldi

"Bashakshexir" Shomurodovga Germaniyadan raqobatchi olib keldi

Baho:
+ | -

Germaniyalik hujumchi Devi Zelke "Istanbul Bashakshexir" futbolchisiga aylandi, deya xabar bermoqda klub rasmiy sayti.

Futbolchi klubga erkin agent sifatida o‘tdi va 2+1 sxemasi bo‘yicha shartnoma imzoladi. Bitimning moliyaviy tafsilotlari oshkor etilmagan.

30 yoshli forvardning avvalgi klubi "Gamburg" bo‘lgan. Avvalroq, Bundesliga klubi sayti tomonlar shartnomani muddatidan oldin bekor qilishga kelishib olganini ma’lum qilgandi.

O‘tgan mavsumda Zelke "Gamburg" safida barcha musobaqalarda 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 23 ta gol urgan. Jamoa Bundesligaga qaytdi, ammo hujumchi elitaga chiqqanidan keyin uni tark etdi.

Zelke yangi klubida hamyurtimiz Eldor Shomurodov bilan raqobatlashishi kutilmoqda.

Kiritildi: 11:21, 12.07.2025.
O'qildi: 3764 marta.
Fikrlar: 15 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик