Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Lester"ning tajribali futbolchisi Bundesligaga yo‘l olishi mumkin

"Lester"ning tajribali futbolchisi Bundesligaga yo‘l olishi mumkin

Baho:
+ | -

Jurnalist Florian Plettenbergning yozishicha, Bundesliga klublari "Lester" yarim himoyachisi Uilfrid Ndidini kuzatib bormoqda.

28 yoshli Ndidi 2017 yilning yanvarida "Lester"ga "Genk"dan kelib qo‘shilgan va inglizlarning asosiy o‘yinchisiga aylangandi. Yarim himoyachining "Lester" bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan.

Klublar nomi ochiqlanmagan bo‘lsa-da, bu yil APLni tark etgan "Lester" o‘z futbolchisini taxminan 15 million yevroga baholamoqda.

O‘tgan mavsumda Uilfrid Ndidi "Lester" safida barcha musobaqalarda 30 ta o‘yinda bitta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Nufuzli "Transfermarkt" portali uning narxini 15 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 13:10, 15.07.2025.
O'qildi: 947 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик