A Seriya debyutanti "Napoli" hujumchisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Jurnalist Nikolo Skiraning ma’lum qilishicha, "Piza" rahbariyati neapolliklarga Jovanni Simeone transferi uchun deyarli 4 million yevro taklif qilgan, ammo Italiyaning amaldagi chempionlari o‘z futbolchisi uchun kamida 8 million yevro talab qilmoqda.
Nufuzli "Transfermarkt" portali uning narxini 5 million yevroga baholamoqda.
Eslatib o‘tamiz, Diyego Simeonening to‘ng‘ich o‘g‘li bo‘lgan 30 yoshli argentinalik futbolchi 2022/23 yilgi mavsum avvalida "Napoli" safiga kelib qo‘shilgan edi. Bu vaqt ichida u Italiya klubi safida barcha musobaqalarda 103 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













