"Atletiko Madrid" yarim himoyachisi Rodrigo de Paul faoliyatini "Inter Mayami"da davom ettiradi.
Klublar transferni hali rasman tasdiqlamagan bo‘lsa-da, MLS rasmiy saytida argentinalik futbolchi ismi allaqachon paydo bo‘lgan.
"Matraschilar" de Paul transferidan 15 million yevro ishlab oladi. Futbolchi floridaliklar bilan 4 yillik shartnoma imzolaydi.














