Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad

"Real" Rodrigoni o‘z xohishi bilan sotmaydi

"Real" Rodrigoni o‘z xohishi bilan sotmaydi

Baho:
+ | -

Madridning "Real" klubida hujumchi Rodrigoning kelajagi bo‘yicha qaror qabul qilindi. Radio Marca xabariga ko‘ra, "qaymoqranglilar" Rodrigoni o‘z tashabbusi bilan sotmaydi. Transfer amalga oshishi uchun 24 yoshli braziliyalikning o‘zi klubdan ketish istagini bildirishi kerak.

Shu bilan birga, Rodrigo vaziyatni o‘zgartirmoqchi bo‘lishi ham ehtimoldan xoli emas. Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati Xabi Alonso hujum chizig‘idagi boshqa ijrochilarga tayanishini ko‘rsatdi. Ya’ni, Rodrigoning yangi mavsumdagi o‘yin vaqti cheklanishi aniq.

Avvalroq matbuotda Transfermarkt portali 90 million yevroga baholagan Rodrigo 2026 yilgi jahon chempionatida Braziliya terma jamoasi safida o‘ynash istagini inobatga olib, o‘yin amaliyotidan xavotirda ekani haqida yozishgandi.

Kiritildi: 16:40, 19.07.2025.
O'qildi: 1363 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик