"Barselona" vinger Markus Reshfordni "Manchester Yunayted"dan sotib olish imkoniyati bilan ijaraga oladi. Inglizning transferi haqida yaqin kunlarda rasman e’lon qilinishi rejalashtirilgan. Jurnalist Roxer Toreloning ta’kidlashicha, 27 yoshli futbolchi Kataloniya grandi uchun "yangi Obameyang" bo‘lishga umid qilmoqda. Eslatib o‘tamiz, gabonlik futbolchi "ko‘k-anorranglilar" safida bir yildan kamroq vaqt o‘ynagan, ammo 24 ta o‘yinda 13 ta gol urib, jamoaga sezilarli foyda keltirdi. Shunga o‘xshash muvaffaqiyatni Reshford ham takrorlamoqchi.
"Barselona" agar lozim topsa, "qizil iblislar" tarbiyalanuvchisini 30 mln yevroga sotib olishi mumkin. Aynan ispan klubi ijara davrida futbolchiga maosh to‘laydi.













