Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Veyga "Atletiko"ga o‘tishga rozi bo‘ldi

Veyga "Atletiko"ga o‘tishga rozi bo‘ldi

Baho:
+1 | -

Madridning "Atletiko" va Londonning "Chelsi" klublari 21 yoshli portugaliyalik himoyachi Renatu Veyganing transferi bo‘yicha muzokaralarni boshlayapti. Bu haqda insayder Fabrisio Romano o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar bermoqda.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining o‘zi "matraschilar" safiga o‘tishga rozilik bergan va yaqin kunlarda birinchi taklif kutilmoqda. "Chelsi" esa transfer uchun 40 million yevro talab qilmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, Veyga o‘tgan yilning yozida "Bazel"dan "Chelsi"ga 14 million yevroga o‘tgan edi. U "ko‘klar" safida barcha musobaqalarda jami 14ta o‘yin o‘tkazdi. O‘tgan mavsumning ikkinchi yarmini esa ijara asosida Turinning "Yuventus" jamoasida o‘ynadi.

Kiritildi: 14:29, 22.07.2025.
O'qildi: 2026 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик