"Real" tarbiyalanuvchisi Marvel "Leganes"ga o‘tdi.
Segunda klubi 22 yoshli himoyachini o‘z safiga qo‘shib olganini e’lon qildi. Marvel bilan kelishuv 3 yilga mo‘ljallangan.
2024/25 yilgi mavsumda Marvel "Kordoba" safida ijara asosida o‘ynadi va Ispaniya ikkinchi divizionida 27 ta o‘yinda maydonga tushdi.













