Madridning "Atletiko" klubi 30 yoshli yarim himoyachisi Saul Niges allaqachon "Flamengo" bilan shartnomani yakunlash uchun Rio-de-Janeyroga yo‘l olmoqda. Tez orada uning Braziliyaning mashhur klubiga o‘tishi kutilmoqda, deb yozadi insayder Fabrisio Romano.
"Kelishuv tasdiqlandi, shartnoma uch yilga imzolanadi," - deydi manba.
Eslatib o‘tamiz, Saul 2012 yildan buyon "Atletiko" futbolchisi hisoblanadi. U o‘tgan mavsum Ispaniya Primerasining o‘rtamiyona jamoasi "Sevilya"da ijarada o‘ynagan edi.













