Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/08 19:00 Surxon 0-1 Navbahor
07/08 19:30 Lokomotiv 2-1 Dinamo
07/08 20:00 Xorazm 2-0 Mash’al
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Retegi Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tganidan so‘ng ta’sirli xabar qoldirdi

Retegi Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tganidan so‘ng ta’sirli xabar qoldirdi

Baho:
+ | -

Italiyalik hujumchi Mateo Retegi "Atalanta"ni tark etdi va Saudiya Arabistonining "Al-Qodisiya" klubi bilan shartnoma imzoladi.

Transfer summasi 67 mln yevroni tashkil etdi. Kelishuv 2028 yilgacha mo‘ljallangan. Saudiya Arabistoni klubiga o‘tganidan so‘ng 26 yoshli hujumchi klub va muxlislarga o‘tkazgan vaqti uchun minnatdorchilik bildirdi:

"Atalanta"ga bu ajoyib yil uchun rahmat. Shunday katta klubning bir qismi bo‘lish sharafiga muyassar bo‘ldim. Murabbiylar va shifokorlardan tortib, har kuni bizga qulaylik yaratib bergan xodimlargacha - barchadan minnatdorman. Rahbariyatga ishonch uchun, sheriklarimga esa qo‘llab-quvvatlash va muhit uchun alohida rahmat. Bu bosqich mening qalbimda qoladi. Iliqlik va g‘urur bilan ketaman. Olg‘a, "Atalanta"! - deb yozdi Retegi ijtimoiy tarmoqda.

O‘tgan mavsumda Retegi 25 ta gol bilan A Seriyaning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi va "Atalanta" safida jami 49 ta o‘yin o‘tkazib, 28 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi va sheriklariga 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 12:00, 23.07.2025.
O'qildi: 1259 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик