Granit Jaka "Sanderlend" futbolchisiga aylandi.
Angliya klubi "Bayer" yarim himoyachisi transferini e’lon qildi. Tomonlar uch yillik shartnoma imzolashdi.
Oldinroq kelishuv 15 million yevro bo‘lishi, yana 5 millioni bonus sifatida taqdim etilishi xabar qilingandi.

O‘tgan mavsumda shveysariyalik futbolchi Bundesligada 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













