Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol

Saa "MYU"ga Vlaxovichni sotib olishni maslahat berdi

Saa "MYU"ga Vlaxovichni sotib olishni maslahat berdi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted"ning sobiq hujumchisi Lui Saa sobiq jamoasiga taklif bilan chiqdi. Uning aytishicha, "qizil iblislar" "Yuventus"dan Dushan Vlaxovichni sotib olish orqali hujumdagi muammolarini hal qilishlari kerak.

"Mana "Manchester Yunayted" qidirayotgan hujumchi. Uning statistikasi yaxshi, u tajribaga ega, mening nazarimda bu yaxshi xarid bo‘ladi. Jamoaga kafolatli, xarakterli to‘purarlar kerak. Ayni damda ularda timsol uchun o‘ynashga ishtiyoqi yo‘q to‘rt nafar futbolchi bor, bu juda achinarli", - dedi Saa Goal bilan suhbatda.

O‘tgan mavsumda 25 yoshli serbiyalik hujumchi klub miqyosida 44 ta o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Vlaxovichning bozor qiymati 35 million yevroga baholanmoqda.

Kiritildi: 22:18, 30.07.2025.
O'qildi: 1431 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик