Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/02 21:00 Traktor 0-2 As-Sadd
10/02 23:15 Al-Ittihod - Al-G‘arafa

"Milan" Vlaxovich transferini muvaffaqiyatli yakunlashiga ishonmoqda

"Milan" Vlaxovich transferini muvaffaqiyatli yakunlashiga ishonmoqda

Baho:
+ | -

"Milan" hamon "Yuventus" hujumchisi Dushan Vlaxovichni o‘z safiga qo‘shib olish niyatida.

"Rossonerilar" vakillari bir necha haftadan buyon serbiyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish ustida ishlamoqda va uning agentlari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi. Futbolchining A Seriya mezonlari bo‘yicha ulkan maoshi tufayli kelishuvni bekor qilish oson bo‘lmaydi, ammo jurnalist Matteo Morettoning yozishicha, "Milan" hech qayerga shoshilmayapti va muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlanishiga ishonmoqda.

"Keksa sinyora" yozda Dushan Vlaxovich bilan xayrlashishni rejalashtirmoqda, chunki hujumchining amaldagi shartnomasi kelasi yili tugaydi va yangi shartnoma shartlarini kelishib olishning imkoni bo‘lmadi.

25 yoshli futbolchi "Yuventus"da birga ishlagan murabbiyi Massimiliano Allegri bilan "Milan"da uchrashishi mumkin.

Kiritildi: 08:26, 31.07.2025.
O'qildi: 652 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.