Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/01 00:45 Lasio 0-3 Komo
20/01 01:00 Elche 2-2 Sevilya
20/01 01:00 Brayton 1-1 Bornmut
20/01 20:30 Qayrat 1-4 Bryugge
20/01 22:45 Bude-Glimt 3-1 Manchester Siti
21/01 00:52 Kopengagen - Napoli
21/01 01:00 Vilyarreal - Ayaks
21/01 01:00 Vilyarreal 1-2 Ayaks
21/01 01:00 Tottenhem 2-0 Borussiya D
21/01 01:00 Sporting 2-1 PSJ
21/01 01:00 Real Madrid 6-1 Monako
21/01 01:00 Olimpiakos 2-0 Bayer
21/01 01:00 Inter 1-3 Arsenal
21/01 01:00 Kopengagen 1-1 Napoli
21/01 22:45 Qorabog‘ - Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy - Atletiko
22/01 01:00 Bavariya - Yunion
22/01 01:00 Marsel - Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl - PSV
22/01 01:00 Slaviya - Barselona
22/01 01:00 Chelsi - Pafos
22/01 01:00 Yuventus - Benfika
22/01 01:00 Atalanta - Atletik Bilbao

Ro‘ziqul Berdiyev: “OCHLda ikkala jamoaga omad tilaymiz”

Ro‘ziqul Berdiyev: “OCHLda ikkala jamoaga omad tilaymiz”

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

“Nasaf” – “Andijon” (1:1) o‘yinidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar ustozi Ro‘ziqul Berdiyev jurnalistlarning savollariga javob berdi.

- E’tiborsizlik bilan o‘yinni boshladik. Raqibga yanada zichroq himoyalanish uchun yaxshigina imkoniyat yaratib berdik. Shu bois g‘alabani o‘nglash uchun juda ham qiynaldik. Raqib 0:1 dan keyin ko‘proq natija uchun harakat qildi. Standart vaziyatlarda yoki darvozaga zarbalar berishda aniqroq harakat qilishimiz kerak edi. Menimcha, shu narsa yetishmadi.

- Ro‘ziqul Sa’dullayevich, doim shunaqa bo‘ladi: “Nasaf” birinchi bo‘lib gol o‘tkazganda hamisha qiynaladi. “Andijon” zo‘r himoyalandi...

- Agar darvozaga berilgan zarbalarda aniqroq harakat qilganimizda balki boshqa natija bo‘lishi mumkin edi. Zarbadagi xatolarimiz ularga qo‘l keldi. Mashg‘ulotda qancha bu haqida gapirmaylik, o‘yinda bu vaziyat boshqacha bo‘ladi. Bosimda harakat qilganda aniqlik yetishmaydi. Xotirjamlikni saqlab qolishimiz kerak. Chempionat shunaqa natijalar bilan qiziq bo‘lyapti. Oldimizda keyingi o‘yinlar bor.

- Legionerlar masalasida doim savollar tug‘ilyapti. Hali kelgani yo‘q deyishmoqda. Sabab nima?

- Oldingi safar aytdik, vizani juda kech olishdi. Keyingisi ham keldi, Toshkentda tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Ularni holatini yaxshilashimiz kerak. Legioner masalasida variantlarimiz juda ko‘p edi. Lekin nimadir sabablar bo‘lib, bularga to‘xtalishga majbur bo‘ldik. O‘ylaymanki, ularni boshqa o‘yinlar davomida rotasiya qilishga, qayerdadir toliqishlar bo‘lsa almashtirishga imkoniyat qilib taklif qildik. Bizga qo‘shimcha kuch bo‘ladi, degan umiddamiz.

- Bu yil “Nasaf” bilan “Andijon” OCHLda ishtirok etishadi. Jamoangizning bu boradagi vazifasi qanday va ilk bor qatnashadigan “Andijon”ning imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

- Ikkala jamoaga ham omad tilaymiz. “Andijon” ham yaxshi tarkib qilishga harakat qilyapti. Ko‘p o‘yinchilarini o‘zgartirdi. Bizni vazifamiz turnirda g‘olib chiqish emas, munosib ishtirok etish. Imkon qadar guruh bosqichidan o‘tishga harakat qilamiz. Bu oson emas. Yil boshidan bu yilgi og‘ir mavsumga tayyorgarlik ko‘rdik. Chempionlikni himoya qilish ham juda og‘ir bo‘ladi. Shunga qaramasdan jamoamiz xotirjam harakat qilyapti. O‘ylaymanki, albatta maqsadimizga erishamiz.

- Debyut qilgan Shalani o‘yinini qanday baholaysiz?

- Endi birinchi o‘yin. Ko‘rdinglar, biz bilan mashg‘ulotga ikki marta qatnashdi. Kuchli taraflari bor. Bundan foydalanishimiz kerak. Tezkor, birga-bir va qarshi hujumlarda yaxshi harakat qilish mumkin.

Kiritildi: 02:21, 08.08.2025.
O'qildi: 1028 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.