Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/08 00:00 Barselona 2-0 Atletik Bilbao
28/08 22:00 Rasing 3-2 Elche
28/08 23:45 Milan 2-0 Venetsiya
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
29/08 16:30 Liverpul - Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon - Guliston
29/08 19:00 Neftchi - Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut - Everton
29/08 19:00 Koventri Siti - Xall Siti
29/08 20:00 Levante - Betis
29/08 21:30 Tottenhem - Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina - Frozinone
29/08 21:30 Monsa - Udineze
29/08 21:30 Sassuolo - Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad - Espanyol
29/08 23:45 Yuventus - Parma
30/08 00:30 Sevilya - Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa

Jennifer Lopes konsertidan so‘ng Armanistondagi stadion maydoni yaroqsiz holga keldi

Jennifer Lopes konsertidan so‘ng Armanistondagi stadion maydoni yaroqsiz holga keldi

Baho:
+ | -

Amerikalik qo‘shiqchi Jennifer Lopesning Yerevanda bo‘lib o‘tgan konsertidan so‘ng Armaniston futbol jamoatchiligi “Respublika” stadionidagi maydon holatidan jiddiy xavotirga tushmoqda.

Sputnik Armaniston nashrining yozishicha, stadiondagi gazon holati “yomon” emas, balki “juda yomon” darajada. Maydonni tiklash uchun katta hajmdagi ishlarni amalga oshirish talab etiladi. Hozirgi holatda bu stadionda futbol o‘yinlarini o‘tkazish deyarli imkonsiz.

Bu holat ayniqsa, Armanistonning amaldagi chempioni — “Noa” jamoasining Yevropa Ligasi pley-off bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishi mumkinligi fonida ko‘pchilikda xavotir uyg‘otmoqda. Agar jamoa keyingi bosqichga yo‘l olsa, 21 avgust kuni aynan “Respublika” stadionida o‘z uy o‘yinini o‘tkazishi kerak. Ammo ma’lumotlarga ko‘ra, shu muddatgacha gazonni talab darajasiga keltirish deyarli imkonsiz.

Stadion direktori Ashot Barsegyan Sputnik Armanistonga bergan intervyusida gazon tiklash ishlari boshlanganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, konsertdan so‘ng gazon faqat bir oz sarg‘aygan, xolos: “Uni faqat sug‘orib, tekislash kifoya. Boshqa muammo yo‘q”, — dedi u.

Biroq stadiondagi holatga guvoh bo‘lgan boshqa manbalar bu fikrga qo‘shilmayapti. Ularning aytishicha, birgina sug‘orish bilan muammoni bartaraf etishning iloji yo‘q.

Ma’lumot uchun, Jennifer Lopes 7 avgust, payshanba kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida ham konsert bergan. Hozircha ushbu stadionning gazon holati haqida rasmiy ma’lumot mavjud emas.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:45, 08.08.2025.
O'qildi: 4029 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик