Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Shaxmatchilarimiz ishtirokidagi "Qonaev Cup 2025" turnirida 5-tur ortda qoldi

Shaxmatchilarimiz ishtirokidagi "Qonaev Cup 2025" turnirida 5-tur ortda qoldi

Baho:
+ | -

Qozog‘istonning Olma-Ota shahrida shaxmat bo‘yicha mukofot jamg‘armasi 100 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi nufuzli "Qonaev Cup 2025" turniri bo‘lib o‘tmoqda.

Uchta guruhda tashkil etilayotgan musobaqada 19 davlatdan jami 268 nafar shaxmatchi sovrinli o‘rinlar uchun bahs olib bormoqda. Ushbu turnirda O‘zbekiston sharafini 5 nafar shaxmatchimiz himoya qilyapti.

Mukofot jamg‘armasi 78 000 dollarni tashkil etuvchi "Masters" guruhida Muhammadzohid Suyarov (2488) va Humoyun Begmuratov (2466), 15 000 dollar sovrin puliga ega "Challengers" guruhida esa grossmeysterimiz Aleksey Barsov (2323), shuningdek Miraziz Matyakubov (2260) hamda Azamat Daurimbetov (2199) o‘z omadini sinab ko‘rmoqda.

Beshinchi turda Muhammadzohid Suyarov qora donalarda o‘ynaganiga qaramay, hindistonlik Vaz Etanni mag‘lubiyatga uchratdi. Ochkolarini 3 taga yetkazib olgan Suyarov qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra 25-o‘ringa ko‘tarilib oldi. O‘n ikkinchi o‘rindan joy olgan qozog‘istonlik Daniyal Sapenov hisobida ham 3 ochko bor. Humoyun Begmuratov ham bu turda qora donalarda o‘ynadi. Yosh shaxmatchimiz mezbonlar vakili Satbek Axmedinov bilan murosaga keldi. Humoyun 2 ochko bilan 48-pog‘onani band etgan. Bu 2 ochkoliklar orasidagi eng yomon ko‘rsatkich.

Biroz avval boshlangan 6-tur uchrashuvida Muhammadzohid Suyarov oq donalarda qozog‘istonlik Yergali Suleymanga, Humoyun Begmuratov esa AQSH vakili Maksimilyan Luga qarshi bahs olib bormoqda. Turnir jadvalida 4 ochkodan jamg‘argan 4 shaxmatchi - Amin Bassem (Misr), Ayush Sharma (Hindiston), Aleksey Grebnev (FIDE) va Aditya Mittal (Hindiston) peshqadamlik qilyapti.

"Challengers" guruhida qatnashayotgan uch nafar shaxmatchimizning bari 5-turda g‘alabaga erishdi. Tajribali grossmeysterimiz Aleksey Barsov qozog‘istonlik Amirali Abzalni, Miraziz Matyakubov yana bir mezbon shaxmatchi Isabek Tanibekni, Azamat Daurimbetov esa qirg‘izistonlik Aziz Umarbekovdan ustun keldi. Har uch shaxmatchimiz ochkolarini 4 taga yetkazib olishdi.

Qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra Matyakubov 6, Daurimbetov 8, Barsov esa 10-o‘rinni band etgan. Uch nafar ishtirokchi 4,5 tadan ochko jamg‘arib, "Challengers" guruhida karvonboshilik qilmoqda. Ayni daqiqalarda o‘tkazilayotgan 6-turda Miraziz Matyakubov qozog‘istonlik Abilmansur Abdilxayirga, Barsov qirg‘izistonlik Nurgazi Jinbekovga, Daurimbetov esa yana bir mezbon shaxmatchi Dinmuhammed Tulendinovga qarshi dona surmoqda.

Kiritildi: 23:56, 09.08.2025.
O'qildi: 703 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.