“Atletiko”ning sobiq yarim himoyachisi Aksel Vitsel “Udineze” safiga o‘tmaydigan bo‘ldi. Bu haqda Sky Sport Italia xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 36 yoshli belgiyalik futbolchi A Seriya klubi bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishib olgandi. Keyinchalik u fikrini o‘zgartirgan.
Qayd etilishicha, “Udineze” futbolchiga bir yillik bitim taklif qilgan. Vitsel kamida ikki yillik shartnomani kutayotgani xabar qilindi.
O‘tgan mavsum u “matraschilar” libosida barcha turnirlarda 22ta o‘yin o‘tkazib, 1ta gol urdi va 1ta golli uzatmani amalga oshirgan.













