Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-1 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid 1-2 Bavariya
07/04 23:59 Sporting 0-1 Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum

"Roma" sardori London klubiga ko‘chib o‘tishi mumkin

"Roma" sardori London klubiga ko‘chib o‘tishi mumkin

Baho:
+ | -

"Roma" yarim himoyachisi Lorenso Pellegrini faoliyatini Angliya chempionatida davom ettirishi mumkin. Futbolchi "Vest Xem"ning transfer maqsadlari ro‘yxatiga kiritilgan. Bu haqda GiveMeSport xabar bermoqda.

Manbaning yozishicha, "bolg‘achilar" rimliklar sardori haqida surishtiruv olib borishgan. "Roma" Pellegrinini tekinga qo‘yib yuborishga tayyor, chunki ular jamoaning maoshlar fondini qisqartirishga harakat qilmoqda.

Avvalroq, nomi oshkor etilmagan APL klubi futbolchiga qiziqish bildirayotgani haqida jurnalist Nikolo Skira xabar bergan edi. Uning ma’lumotlariga ko‘ra, ingliz jamoasi allaqachon italiyalik futbolchining vakillari bilan aloqa o‘rnatgan.

Pellegrini Rim klubida 2017 yildan buyon to‘p tepib kelmoqda. O‘tgan mavsumda 29 yoshli xavbek jamoasiga 34 ta o‘yinda yordam berib, 3 ta gol va 3 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Bir yildan so‘ng Pellegrinining "Roma" bilan amaldagi shartnomasi yakunlanadi.

Kiritildi: 12:16, 12.08.2025.
O'qildi: 560 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик