Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna 2-2 Malyorka
07/03 19:00 Kalyari 1-2 Komo
07/03 20:15 Levante 1-1 Jirona
07/03 22:00 Atalanta 2-2 Udineze
07/03 22:30 Atletiko 3-2 Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus 4-0 Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao 0-1 Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano
09/03 00:45 Milan - Inter
09/03 01:00 Valensiya - Alaves

Vadim Abramov: «Durang bizni qoniqtirmaydi»

Vadim Abramov: «Durang bizni qoniqtirmaydi»

Baho:
+ | -

«Dinamo» - «Paxtakor» (1:1) o‘yinidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov o‘yin borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Alamli durang. Afsuski, yana hisobda oldinda borayotib yakunda gol o‘tkazdik. Bunga o‘zimiz aybdor, ikkinchi bo‘limda raqibga to‘pni berib, noto‘g‘ri himoyalandik, jamoaviy o‘yinimiz yarimhimoyachilarsiz o‘tayotgandek edi. O‘yinni nazorat qilib, qarshi hujumda raqibni jazolash mumkin edi. Raqib gol urgan vaziyatda o‘yindan tashqari holat ko‘ringandek edi, nima ham derdim – futbol shunaqa o‘yin. Bu durang bizni qoniqtirmaydi.

Ulug‘bek Hoshimovning jarohati? Hozircha ma’lumot yo‘q, ertaga bilib olamiz. Umid qilamanki, bu jiddiy emas, shunga qaramay u 1-2 hafta bizga yordam bera olmasligi mumkin.

Uyda g‘alabani saqlab qola olmayotganimiz bosim yoki ruhiy holat bilan bog‘liq emas, shunchaki raqiblar safarda ko‘proq himoyadan o‘ynashadi, bu qiyinchilik tug‘diradi. Gol ham uryapmiz, ammo gohida xotirjamlikka berilayotgandekmiz. Maydonda hamjihatlikni qo‘ldan chiqaryapmiz.

Chetlatish? O‘zim ham hayron bo‘ldim, chunki hattoki VARni ham ko‘rishmadi. Firdavs Abdurahmonov raqibiga tajavuzkorlik qiladigan bola emas. Birdaniga qizil berilgani meni hayron qoldirdi. U juda tartibli yigit. Bu men uchun tushunarsiz qaror bo‘ldi.

Abduxoliqovning goli yaqqol ofsayd edi? Ha, ofsayddek ko‘rindi, ammo keyin vaziyatni ko‘rib, hakamlar golni inobatga olishdi.

«Nasaf» va «Neftchi» uzoqlashmoqda? Hali bu raqiblarga qarshi o‘yinlarimiz bor, umid qilamanki ularga qarshi o‘yinlargacha ham biz bu kurashda ishtirok etayotgan bo‘lamiz», - dedi Vadim Karlenovich.

«Dinamo» PFK matbuot xizmati

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 17:37, 12.08.2025.
O'qildi: 832 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.