Kirish Ro'yxatdan o'tish

Leau mavsumdagi ilk rasmiy o‘yindayoq jarohat orttirib oldi

Leau mavsumdagi ilk rasmiy o‘yindayoq jarohat orttirib oldi

Baho:
+ | -

Rafael Leau mavsumning ilk rasmiy o‘yinida jarohat oldi.

Italiya kubogi doirasidagi "Bari"ga qarshi o‘yinning 14-daqiqasida vinger hisobni ochdi. Unga Fikayo Tomori assistentlik qildi.

O‘yinning 17-daqiqasidayoq "rossonerilar" murabbiylar shtabi portugaliyalik futbolchining o‘ng oyog‘i boldir mushaklarida muammolar borligini aytganidan keyin uni almashtirishga majbur bo‘ldi. Maydonga Santyago Ximenes tushdi.

O‘tgan mavsumda Leau A Seriyada 34 ta o‘yinda 8 ta gol urdi. Yangi mavsumda "Kremoneze"ga qarshi chempionatning ilk o‘yini 23 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 05:57, 18.08.2025.
O'qildi: 1288 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик