Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Bavariya"ga qarshi o‘yin Xavi Simons uchun "RB Leypsig"dagi so‘nggisi bo‘lishi mumkin

"Bavariya"ga qarshi o‘yin Xavi Simons uchun "RB Leypsig"dagi so‘nggisi bo‘lishi mumkin

Baho:
+ | -

"RB Leypsig" hujumkor yarim himoyachisi Xavi Simons jamoasini o‘zgartirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Niderlandiyalik futbolchi "Chelsi"ga o‘tishini uzoq vaqtdan buyon kutmoqda. Futbolchi xayolan Londonda bo‘lishiga qaramay, "qizil buqalar" murabbiylar shtabi uni Bundesliga 1-turidan o‘rin olgan "Bavariya"ga qarshi juma kungi o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushirishni rejalashtirmoqda, deya xabar bermoqda jurnalist Florian Plettenberg. Keyinroq 22 yoshli futbolchining "Chelsi"ga transferi yopilishi kutilmoqda.

Xavi Simons London klubi bilan shartnoma shartlari bo‘yicha kelishuvga erishdi, u faoliyatini davom ettirishning boshqa variantlarini ko‘rib chiqmoqchi emas. "RB Leypsig"ga esa hali ham rasmiy transfer taklifi kelib tushgani yo‘q.

Kiritildi: 08:55, 19.08.2025.
O'qildi: 1330 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик