Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Saloh APL futbolchilari orasida hech kim qilolmagan ishni bajardi

Saloh APL futbolchilari orasida hech kim qilolmagan ishni bajardi

Baho:
+2 | -

"Liverpul" klubi qanot hujumchisi Muhammad Saloh Angliya professional futbolchilar assosiasiyasi (PFA) talqini bo‘yicha yilning eng yaxshi futbolchisi - 2025 sovrinini qo‘lga kiritdi. Shu tariqa, misrlik futbolchi Angliya chempionatlari tarixida bir mavsumda APLning 5 ta individual futbol sovrinini qo‘lga kiritgan ilk futbolchiga aylandi. Bu haqda Squawka statistik portali xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Saloh 2024/2025 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra, Angliya Premyer-ligasining "Oltin butsa"si, APLning eng yaxshi pleymeykeri sovrini, Angliya chempionatida yilning eng yaxshi futbolchisi, Futbol jurnalistlari assosiasiyasi (FWA) talqini bo‘yicha yilning eng yaxshi futbolchisi, shuningdek, PFA Players talqini bo‘yicha yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi.

Avvalroq PFA 33 yoshli hujumchini o‘tgan mavsum ramziy terma jamoasiga kiritgandi. Misrlik futbolchi Angliya chempionatining o‘tgan mavsumida 38 ta o‘yinda ishtirok etib, 29 ta gol va 18 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 07:37, 20.08.2025.
O'qildi: 1733 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик