Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

Muhammad Saloh: "Buni hech qachon unutmayman"

Muhammad Saloh: "Buni hech qachon unutmayman"

Baho:
+ | -

"Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh PFA tomonidan Premyer-ligada yilning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qo‘lga kiritgach, intervyu berdi.

33 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumni fenomenal tarzda o‘tkazdi, shuning uchun uning yuqoridagi nominasiyadagi g‘alabasi hech kimni ajablantirmadi. E’tiborlisi, sovrin "qizillar" yulduziga rekord darajadagi uchinchi marta nasib etdi.

"Men buni hech qachon unutmayman, chunki hech kim ilgari mukofotni uch marta qo‘lga kiritmagan. Bunday holatni odatiy hol sifatida qabul qilib bo‘lmaydi. O‘tgan mavsum men uchun "Liverpul"dagi eng yaxshisi bo‘ldi, deb o‘ylayman. Men hali ham g‘alabalarga ochman - shuning uchun shartnomamni uzaytirdim. 33 yoshimda o‘yinlarni o‘zgartirishga qodir ekanligimni his qilyapman. Bu menga faxrlanish uchun sabab bo‘ladi, chunki aynan shu maqsadda men qattiq mehnat qilyapman," - deya Salohning so‘zlarini keltiradi The Touchline.

Misrlik futbolchi APL-2024/25da 38 ta bahsda 29 ta gol va 18 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. "Liverpul" so‘nggi besh yil ichida ilk bor chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Kiritildi: 13:23, 20.08.2025.
O'qildi: 1992 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.