Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Eldor Moyliyev: «O‘z kuchimizga ishonsak, hamma bilan tengma-teng o‘ynay olamiz»

Eldor Moyliyev: «O‘z kuchimizga ishonsak, hamma bilan tengma-teng o‘ynay olamiz»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining 20-turidan o‘rin olgan «Sho‘rtan» – «Navbahor» (3:3) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Eldor Moyliyev qatnashib,jurnalistlarning savollariga javob berdi.

— O‘yin haqidagi fikringiz?

— Tomoshabop o‘yin bo‘ldi. Ikkala jamoa ham g‘alaba uchun maydonga tushgandi. Muxlislarimizga oxirigacha qo‘llab turishgani uchun rahmat aytaman. Futbolchilarga ham rahmat, hamma borini berib o‘ynadi. O‘z xatolarimiz tufayli o‘z darvozamizdan oddiy to‘plarni o‘tkazib yubordik. Qiynalib gol uramiz, keyin esa oddiy holatda o‘z darvozamizdan to‘p olib chiqamiz. Ko‘plab vaziyatlar yaratdik, afsuski, g‘alaba qozona olmadik.

— «Sho‘rtan» darvozasiga urilgan 3-golda darvozabon oldinga chiqib ketdi va xatoga yo‘l qo‘ydi...

— O‘sha vaziyatda darvozabonimiz oldinga chiqmasa ham bo‘lardi, chunki himoyachi bor edi. Lekin o‘ziga ishonch bilan chiqdi, ammo kichik epizodda xatoga yo‘l qo‘ydi. Odatda himoyachilar to‘p uchun kurash olib borayotgan paytda darvozabonlar oldinga chiqishmaydi, qolaversa, darvozagacha hali masofa uzoq edi. Biz esa raqibga gol sovg‘a qildik.

— Temur Mamasiddiqov bilan Nuriddin Hasanovlarning almashtirilishlari sababi nimada?

— Temur to‘p bilan yaxshi, lekin himoyada ozroq bo‘sh o‘ynaydi. Biz hisobda oldinda borayotgandik, shuning uchun uni himoyaga yaxshi qo‘shiladigan futbolchiga almashtirdik. Nuriddin Hasanov esa mikrojarohat sababliYu o‘ynay olmasligini aytdi, shu bois, uni almashtirdik.

— Kuchli jamoalarga qarshi kechadigan uchrashuvlarda «Sho‘rtan»ning o‘yinini qanday izohlaysiz?

— O‘tgan turda «Nasaf» bilan bo‘lgan o‘yinni ham yaxshi boshlagandik. Gap natijada emas, balki o‘zimizga bo‘lgan ishonchda. «Nasaf»dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng, yigitlar bilan ko‘proq ruhiy tomonlama ishladik. Bizda hammaga kurash taklif eta oladigan jamoa bor, faqat futbolchilar o‘z kuchlariga ishonishlari kerak. O‘z kuchimizga ishonsak, hamma bilan tengma-teng o‘ynay olamiz.

— «Sho‘rtan» bugun g‘alabadan quruq qolishining sababi yuzaga kelgan xatolar tufaylimi?

— Endi ko‘p narsa o‘zimiz yo‘l qo‘ygan xatolar bilan bog‘liq. E’tibor bering, raqib oddiy gollarni uryapti. Gol urishga kelganda esa juda qiynalyapmiz. Xursand qilayotgan tomoni, birinchi davradagi o‘yinimizga nisbatan hozir ko‘proq xavfli vaziyatlar yaratyapmiz. Faqat ularlardan foydalana olsak bo‘ldi.

— Sardor Sa’dullayev Jo‘rabek Mannonovning o‘rnini to‘ldira oldimi?

— Sardor yaxshi futbolchi. U «Nasaf» bilan bo‘lgan bellashuvda ham yaxshi o‘ynagandi. Bugungi uchrashuvda faqat bir marta xatoga yo‘l qo‘ydi. U birga bir vaziyatlarda to‘pni raqibdan olib qo‘ydi. Himoyachi sifatida o‘z ishini yaxshi bajardi.

«Navbahor» PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 06:08, 21.08.2025.
O'qildi: 392 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.