Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Mahmud Abdulrahmon: «O‘zbekiston termasining darajasi o‘sib bormoqda»

Mahmud Abdulrahmon: «O‘zbekiston termasining darajasi o‘sib bormoqda»

Baho:
+ | -

OCHL 2 ga qur’a tashlash marosimida oldin xabar berganimizdek, bahraynlik taniqli sobiq futbolchi Mahmad Abdulrahmon ishtirok etgan bo‘lib, aynan u ikkinchi savatchadan «Andijon»ni «B» guruhidan o‘rin egallaganini e’lon qildi va bizning raqiblarimizni aniqlab bergan.

Shuningdek, bizning guruhda Bahraynning «Al-Xolidiya» jamoasi ham borligini eslatib o‘tish lozim.

Muxlislar yodida bo‘lsa, Mahmud Abdulrahmon faoliyati davomida bir necha bor Bahrayn terma jamoasi safida O‘zbekiston termasiga qarshi to‘p surgan.

«Andijon» matbuot xizmati esa Abdulrahmondan intervyu oldi.

— «B» guruhi haqida nima degan bo‘lardingiz?

— Oson guruh emas. Hamma guruhdan yengil bo‘lgani yo‘q. Balki «Andijon»ni ko‘pchilik bilmasa kerak. OCHLda yangi jamoa. «Andijon» ham, «Al-Xolidiya» ham bir-birini yaxshi bilmaydi. Guruhdagi to‘rttala klubga ham qiyin bo‘ladi. Bir-birini bilishmasa jamoalarga yanada qiyin kechadi. Kim yutishini aytish oson emas. Barcha jamoalarga omad tilayman.

— OCHL 2 da siz uchun eng qiyin va oson guruh qaysi?

— Menimcha, meni jamoam joy olgan «Muharraq» guruhi eng qiyini. Chunki «Al-Vasl»ni ham yaxshi o‘yinchilari bor. Eronni «Istiqlol»i nomdor jamoa. «Al-Muharraq» ham keyingi bosqichga chiqishga kurashadi. «Al-Vihdat» ham qiyin raqib. Oson guruh qaysiligini bilmayman. Balki «Andijon»ni guruhi osonroqdir yoki “Al-Nassr" joy olgan guruh bo‘lsa kerak. Negaki, ular «Goa»ga qarshi o‘ynaydi. Menimcha, shu osoni.  

— O‘zbekiston terma jamoasiga qarshi ilgari o‘ynagansiz. Terma jamoamiz ilk bor mundialga chiqdi. Futbolimizni kuzatib boryapsizmi?

— Va nihoyat, O‘zbekiston terma jamoasi yanada qattiq ishlab, jahon chempionatiga chiqishni uddaladi. Bundan xursandman. Chunki O‘zbekiston Osiyo qit’asida joylashgan va bungacha ham bir necha bor mundialga yaqin kelgandi. Ishonchim komilki, O‘zbekiston termasining darajasi o‘sib bormoqda. Bilishimcha, ligasi kuchayib boryapti. Shu bois milliy terma jamoasi borgan sari yaxshi ketyapti va mundialga bejiz chiqqani yo‘q. Endi bo‘lsa, «Andijon» Bahrayn, Qatar, Turkmaniston klublari bilan o‘ynaydi. O‘zbekistonning hamma klublari qiyin. Barchalariga omad tilayman.

— Ignatiy Nesterovga olis masofadan gol urganingiz yodimizda. Terma jamoamizga qarshi uchrashuvlarda qaysi bahs ko‘proq xotirangizda saqlanib qolgan?

— O‘zbekistonga borganda Bahrayn uchun barcha o‘yinlar qiyin bo‘lgan. Chunki kuchli muxlislari bor. Ob-havosi ham fors ko‘rfaziga o‘xshamaydi. Osiyo Kubogidagi o‘yin ham yodimda. Menga yoqqan eng yaxshi o‘yin o‘sha jarima zarbasidan urgan gol. O‘sha uch ochko bizga keyingi bosqichga chiqishimizga yordam bergan. O‘sha golni urishimda meni omadim kelgan. Lekin oxir-oqibat O‘zbekiston — bu O‘zbekiston. Osiyoda o‘ynaganida O‘zbekistonni ko‘p klublari kuchli. Milliy terma jamoasi ham kuchli. Shunday jamoaga gol urganimdan o‘zim omadliman deb hisoblayman.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 07:47, 21.08.2025.
O'qildi: 2972 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.