Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/02 01:00 Olimpiakos 0-2 Bayer
19/02 01:00 Bryugge 3-3 Atletiko
19/02 01:00 Bude-Glimt 3-1 Inter

Luis Enrike Donnarummaning «PSJ» muxlislari bilan xayrlashganiga munosabat bildirdi

Luis Enrike Donnarummaning «PSJ» muxlislari bilan xayrlashganiga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

"PSJ" bosh murabbiyi Luis Enrike italiyalik darvozabon Janluiji Donnarummaning muxlislar bilan xayrlashish voqeasiga izoh berdi.

Liga 1 2-tur o‘yinidan so‘ng, darvozabon uning ismini hayqirayotgan parijlik muxlislar tribunasi yoniga bordi.

"Muxlislarning qo‘llab-quvvatlashini ko‘rish har doim yoqimli. Tushunaman, bu Janluiji uchun o‘zgacha lahza, bunga ko‘nikish qiyin, ammo bu holatni ko‘rish yoqimli," - deya ispaniyalik mutaxassisning so‘zlarini keltiradi Footmercato.

Avvalroq, klub Donnarumma bilan shartnomani uzaytirmoqchi emasligi ma’lum bo‘lgandi. Shundan so‘ng, futbolchining vakillari uning yozdayoq jamoani tark etishini ma’lum qilishdi.

Kiritildi: 12:27, 24.08.2025.
O'qildi: 882 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.