"Barselona" kecha La Liga 2-turida "Levante" maydonida irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi - 3:2.
Bugun kataloniyaliklar jamoa bazasida tiklanish mashg‘ulotlarini olib bordi. Flik ushbu mashg‘ulotlardan so‘ng futbolchilarga chorshanbagacha dam berdi.
Ular navbatdagi o‘yinini 31 avgust kuni "Rayo Valyekano"ga qarshi safarda o‘tkazadi.













